Yarim himoyachi Dani Sebalos "Real"ni tark etishi mumkin.
TodoFichajes portali o'z sahifalarida xabar berishicha, futbolchiga "Betis" qiziqish bildirmoqda. Bu klubda Sebalos o'ynagan - aynan "oq-yashillar" lageridan yarim himoyachi 2017 yilning yozida 16,5 million evro evaziga "Real"ga kelgandi.
Shu bilan birga, Sebalos Toni Kroos faoliyatini tugatgach va Jud Bellingem jarohat olgan taqdirda "Real"da o'yin vaqtini olishi mumkin.