Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga doirasida “Las-Palmas”ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Italiyalik mutaxassisdan Chempionlar ligasining yangi formati yoqdimi yoki yo'qmi, degan savol so'raldi.
"Men Chempionlar ligasining yangi formati haqida hozircha fikrga ega emasman, chunki biz hali bunaqa narsaga duch kelganimiz yo'q. Sabr qilaylik va bir yildan keyin gaplashaylik. Ba'zida yangi narsa yaxshi bo'lishi mumkin", - dedi Anchelotti jurnalistlarga.
Xabaringiz bor, 2024/2025 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida guruh bosqichi o'rniga 36 ta jamoadan iborat yagona liga o'tkaziladi. Liga bosqichiga qur'a tashlash marosimi 29 avgust, payshanba kuni bo'lib o'tadi.