Vinisius Junior kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun maktab ochmoqchi.
"Men Braziliyadagi ko'plab bolalarga yordam beraman. Men yana ko'plarga yordam berishni xohlayman va keyingi yildagi asosiy maqsadlarimdan biri mening nomim bilan atalgan birinchi maktabni ochishdir, chunki men har doim o'z kumirlarimga qaraganman.
Men doim Neymar, Krishtianu Ronaldu, LeBron Jeyms, Lyuis Xemilton haqida gapiraman. Ular men yaqindan kuzatib boradigan sport turlarini ifodalaydi. O'tgan yili LeBron Jeyms institutimdagi odamlarni o'z maktabiga tashrif buyurishga taklif qildi va ular bu nafaqat futbol, basketbol va boshqa sport turlari, balki eng muhimi, ta'limni qamrab oladigan ajoyib joy ekanligini aytishdi.
Men kelajakda ko'plab bolalarga yordam berishni xohlayman, shunda Braziliya yaxshiroq ta'lim va hayot sifati yaxshi bo'lgan mamlakatga aylanishi mumkin.
Bir million odamdan ikki-uch nafarigina professional futbolchiga aylanadi. Demak, institutimning shiori va maqsadi bolalarga nafaqat futbolchi, balki shifokor yoki o'qituvchi bo'lishlari uchun hamisha erkinlik va imkoniyat berishdir.
Braziliyaga ko'proq o'qituvchilar kerak, ko'proq advokatlar kerak, ko'proq shifokorlar kerak", dedi "Real Madrid"ning braziliyalik vingeri.