Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Endrikning debyut goli Madridga qanchaga tushdi? Klub braziliyalikning har bir sermahsul harakati uchun haq to'laydi

O'tgan yakshanba kuni Endrik "Real Madrid" safida La Ligadagi ilk golini urdi va "Bernabeu"da "Valyadolid"ni 3:0 hisobida mag'lub etishga yordam berdi.

.
- Yuklab olish

O'tgan yakshanba kuni Endrik "Real Madrid" safida La Ligadagi ilk golini urdi va "Bernabeu"da "Valyadolid"ni 3:0 hisobida mag'lub etishga yordam berdi.

Braziliyalik futbolchining ushbu goli uning shartnomasidagi bonuslar nazarda tutilgan bir qancha bandlarni muhokama qilishga sabab bo'lmoqda.

Braziliya matbuotiga ko'ra, "Real" 2030 yilgacha Endrik tomonidan kiritilgan har bir gol, golli uzatma yoki penalti uchun "Palmeyras"ga pul to'lashi kerak. Shu tariqa gol madridliklarga 35 000 evroga tushgani aytilmoqda. Ammo hech bir tomon buni rasman tasdiqlamadi.

Endrikning "Qirollik klubi" bilan shartnomasida bir qancha bonuslar mavjud va "Palmeyras" yaxshigina qo'shimcha pul ishlab olishi mumkin.

Braziliyaning Globo nashriga ko'ra, futbolchining shartnomasidan bir nechta bandlar:

Har bir gol, golli pas, penalmti - 35 000 evro.

Har bir o'yin, asosiy tarkibda va kamida 45 daqiqa maydonda - 75 000 evro.

"Real Madrid" Ispaniya chempioniga aylandi, Endrik esa asosiy tarkibda 8 ta o'yin o'tkazdi: 500 000 evro.

Endrik 18 uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi: 1 million evro.

"Real" Chempionlar ligasida g'olib chiqdi, Endrik esa 4ta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi: 1 million evro, agar 8 uchrashuvda o'ynasa - 2 million evro.

Endrik "Golden Boy" mukofotini olsa: 1 million evro.

Endrik “Oltin to'p”ning kuchli uchligiga kirsa: 1 million evro.

Endrik “Oltin to'p” yoki FIFAning “Eng yaxshi” mukofotini qo'lga kiritsa: 2 million evro.

BestMaster
27 Avgust 2024, 20:00
endrikning, debyut, goli, madridga, qanchaga, tushdi?, klub, braziliyalikning, sermahsul, harakati, uchun, tolaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads