Vinisius Junior "Oltin to'p" uchun kurash haqida gapirdi.
"Erkaklar futbolidagi o'yinchilar orasida Kaka, ikki marta sovrinni qo'lga kiritgan Ronaldo, Ronaldino, Rivaldo - "Oltin to'p" sovrindorlari orasida ko'plab braziliyalik futbolchilar bor. Lekin menga eng yaqinlari, albatta, Ronaldo va Ronaldino, ular har kuni "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishim kerakligini aytadilar.
Men yaqinda Ronaldo bilan Ibitsada uchrashdim, uning uyida mashg'ulot o'tkazdim va u menga: “Yana bir necha kun shu erda mashq qil, shunda “Oltin to'p”ga yaqinlashasan" - dedi.
Bular aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirgan o'yinchilar va "Oltin to'p" uchun kurasha olish va ular kabi bu sovrinni qo'lga kiritish - chindan ham aql bovar qilmaydigan narsa", - dedi "Real Madrid" vingeri.