Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior "Qirollik klubi"dagi o'yindagi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
"Men doim shu erda o'ynashni orzu qilardim. Shuning uchun men "Real"dagi har bir lahzani oxirgisidek qadrlayman. Har qanday futbolchi dunyoning eng kuchli klubi safida g'alaba qozonishni istaydi. Hozir 24 yoshdaman, xuddi shu ruhda davom etib, tarix yozmoqchiman. Bunday imkoniyat hammaga ham nasib etavermaydi", - dedi Vinisius CNN bilan suhbatda.
Vinisius bu yilgi "Oltin to'p"ga asosiy da'vogarlardan biri. O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi "Real" bilan birgalikda Ispaniya chempioni va Chempionlar ligasi g'olibiga aylangandi.