"Real Madrid" vingeri Vinisius Junior Braziliya ayollar terma jamoasining 38 yoshli futbolchisi Marta haqida gapirdi.
"Men Marta haqida aytishim kerak, u tarixda o'ynagan eng zo'r ayol futbolchidir. U sportni o'zgartirdi va ayollar futbolini munosib darajaga olib chiqdi. Ayollar futboli kundan-kunga rivojlanib bormoqda, Marta esa buni boshlab berganlardan biri edi. Braziliyadagi hamma uchun Pele qanday bo'lsa, Marta ham shundaydir", - deya Vinisius so'zlarini keltiradi CNN.
Marta Braziliya terma jamoasi safida 204 uchrashuvda 119 ta gol urgan.