Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres klubni boshqarayotganda yosh futbolchilarni sotishdan olgan mablag'i ma'lum bo'ldi. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klub yosh futbolchilarni sotishdan 300 million evro ishlab topgan.
Florentino Peres ilk bor 2000 yilda "Real" prezidenti bo'lgan. Shu yilning aprel oyida Peres yana klub prezidenti etib tayinlandi va u bu lavozimda 2025 yilgacha qoladi.