Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Florentino Peres: «Ushbu sovrin «Real»ga qo'shimcha kuch va energiya bag'ishlaydi»

«Qirollik klubi» - «Real» prezidenti Florentino Peres Evropa superkubogi uchun bahsdagi zafardan keyin RealmadridTV mehmoni bo'lib, qisqacha intervyu berdi.

.
- Yuklab olish

«Qirollik klubi» - «Real» prezidenti Florentino Peres Evropa superkubogi uchun bahsdagi zafardan keyin RealmadridTV mehmoni bo'lib, qisqacha intervyu berdi.

Unda korchalon funktsioner jumladan, Kilian Mbappening omadli debyuti va klub prezidenti rolida yutgan sovrinlari soni 64taga etganiga alohida to'xtaldi.

Evropa superkubogiga munosabat

- Albatta, navbatdagi g'alabadan bag'oyat xursandman. Mana, yangi mavsumga kirishganimiz bilan ilk sovrinni rasmiylashtirdik. Bunday start butun jamoani o'zgacha ilhomlantirishi tayin. Binobarin, bizni oldinda juda murakkab va og'ir mavsum kutmoqda. O'ylaymanki, Evropa superkubogi uzun yo'lda bizga qo'shimcha kuch va energiya bag'ishlaydi.

Mbappening debyutiga munosabat 

- Kilian Mbappening «Real» libosidagi ilk o'yindayoq gol urgani uni samarali mavsum kutayotganidan dalolat, menimcha. Har holda, debyut golning tezda kelishi har qanday hujumchini to'l­qinlantirib yuboradi. Kilian medalni qo'lga olganida, unga qaradim - g'oyat xursand edi. Zero, «Real»da debyutni gol bilan bezash oson emas. Muhimi, Mbappe juda yaxshi boshladi.

O'yin sifatiga munosabat

- Ikkinchi bo'limda faqat g'alaba uchun maydonga tushdik. 2ta gol urdik, vaholanki, hisobni bemalol yiriklashtirishimiz ham mumkin edi. Maydonga bunday katta ishtiyoq va energiya bilan tushsangiz, g'alaba qozonish imkoniyatingiz o'z-o'zidan oshadi.

Prezident rolida 64ta sovrin yutganiga munosabat

- Imkoni bor va imkonsiz tuyulgan barcha natijalar meni yaxshigina ruhlantiradi. Xuddi o'tgan yildagidek qattiq ishlashda davom etishimiz kerak. Buning samarasini oxirida ko'ramiz, albatta. Bizda ajoyib jamoa borligiga hech kimda shubha qolmagan bo'lsa kerak.

«Madridchi»larga munosabat

- Qo'shma shtatlardan yaqindagina keldik, u erda ajo­yib muxlislik guvohiga aylandik. Mana, Polshada ham aqlga sig'mas daraja... Bosh­qachasi mumkin emas - «Real» jahon miqyosidagi klub! Butun dunyo bo'ylab muxlislar klubimizni qalblarida saqlaydilar va buni har safar Ispaniyadan tashqariga chiqqanimizda yaqqol ko'ramiz. Juda yoqimli, juda-juda. 

MUHAMMADXON tayyorladi

BestMaster
27 Avgust 2024, 01:00
florentino, peres, «ushbu, sovrin, «real»ga, qoshimcha, kuch, energiya, bagishlaydi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads