"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaga yangi kelgan braziliyalik hujumchi Endrik haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
18 yoshli forvard "Valyadolid" bilan o'yinda (3:0) debyut golini kiritdi.
"Endrik maydonda yaxshi ko'rindi. Bu yigitda katta salohiyat bor, gol evaziga uning kuchli tomonlarini ko'rdik. U ajoyib nazorat va yaxshi zarbaga ega. Bu jarima maydonchasidagi o'yinchi. Kichkina hududlarda Endrik nihoyatda xavflidir", - dedi Anchelotti ESPN bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Endrik Madrid grandiga Braziliyaning "Palmeyras" klubidan 47,5 million evro evaziga o'tgan edi. U "Los-Blankos" bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi.