Endrik "Real"dagi debyut uchrashuvi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Braziliyalik futbolchi “Valyadolid” bilan o'yinning (3:0) 2-bo'limi oxirida zaxiradan maydonga tushdi va o'yinning 96-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qildi.
"Juda xursandman, chunki orzum ushaldi. Braziliya terma jamoasi bilan "Bernabeu"da o'ynaganman, bugun esa "Real"dagi debyutim bo'ldi. Men bilan sodir bo'lgan hamma narsa uchun faqat Xudoga minnatdorchilik bildiraman.
Faqat video o'yinlarda ko'rgan ajoyib o'yinchilar bilan birga o'ynashdan juda xursandman. Men va oilam Bernabeuda bo'lganimizdan xursandmiz. Bu lahzani ular bilan baham ko'rish ajoyib. "Bernabeu"ga kelgan barcha muxlislarga rahmat aytmoqchiman" - dedi Endrik.