"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bilan yangi shartnoma tuzish orqali maoshining keskin oshirilishini istayotgani haqida ma'lumot tarqatilgandi. Portugaliyalik futbolchi o'zining yillik maoshini Messi va Neymarning maoshiga tenglashtirilishini xohlamoqda.
Ammo "Madrid" rahbariyati Ronaldu bilan tuzilgan shartnomani qayta ko'rib chiqmoqchi emas. Demakki, jamoa hujumchining maoshini oshirmaydi.
Krishtianuning "Qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyun oyiga qadar tuzilgan. Shartnoma yakunlangan paytda futbolchi 36 yoshda bo'ladi.
Avvalroq "Real" kelgusi yilning yozida "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni sotib olishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgandi.