Madridning “Real” klubi transfer bozoridagi talab yuqori bo'lishiga qaramay, braziliyalik hujumchi Endrikni jamoada saqlab qolishga qaror qildi.
OK Diario xabariga ko'ra, qirollik klubi yozda braziliyalik uchun kamida o'nta ijara taklifini rad etgan. Ulardan oltitasi Ispaniyadan kelgan, qolganlari Frantsiya, Italiya va Germaniya o'rtasida taqsimlangan.
"Real Madrid" barcha klublarga braziliyalik futbolchining hech qaerga ketmasligini ma'lum qildi. 18 yoshli braziliyalik iyul oyida Madrid grandiga kelib qo'shildi va 6 yillik shartnoma imzoladi.