"Real Madrid" vingeri Vinisius Junior faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirish taklifi haqida o'ylab ko'rish uchun joriy mavsum oxirigacha vaqt ajratdi.
Manbaga ko'ra, Vinisius vakillari "Los-Blankos" rahbariyatiga braziliyalik futbolchi hozirda klub bilan 2027 yilning yozida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishdan manfaatdor emasligi, chunki u jamoani tark etishi mumkinligini ko'rib chiqishi kerakligi haqida ma'lum qilgan.
Avvalroq OAVda Saudiya klublaridan biri Vinisiusga yiliga 350 million evro maosh taklif qilayotgani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.