Nacho Fernandes shu yozda "Real"dan ketganidan so'ng, ko'pchilik klub markaziy himoyachi sotib olishini kutgandi.
Madridliklar 18 yoshli Leni Yoroni nishonga olishdi, ammo frantsiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ga yo'l oldi. O'shandan beri klub yangi himoyachi topishga urinmadi va transfer oynasi yopilishiga atigi bir hafta qoldi, ulardan esa yangilik bombasini kutishning hojati yo'q.
"Biz so'nggi daqiqada markaziy himoyachilar yoki boshqa o'yinchilar bilan shartnoma imzolamaymiz. Bozor biz uchun yopiq.
Biz hech narsani tavakkal qilmaymiz, bizda yaxshi imkoniyatlar etarli. Agar bizga kerak bo'lsa, Raul Asensio, Jakobo Ramon va Aurelien Tchuameni yordam berishadi", dedi Anchelotti.