"Barselona" himoyachisi Jerard Pike Ispaniya terma jamoasidagi faoliyati haqida to'xtalib o'tdi.
"Ispaniya terma jamoasiga butun faoliyatimni bag'ishladim, mening sadoqatimga shubxalanish mumkin emas. Men bu terma safida 15 yil to'p surdim va biz bir oilamiz. Men Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilishdan faxrlanaman. Ammo mening sadoqatimga shubxa bilan qaraydiganlar menga og'ir botadi. Ba'zi odamlar menga siyosat haqida gapirmasligimni aytishdi, lekin men o'z fikrimni bildirdim va bu fikrimni hech qachon o'zgartirmayman. Ramos bilan janjal? - butunlay yolg'on. Biz Ramos bilan super munosabatdamiz. Va men buni 20-marta qaytarib o'tishim. Biz xattoki biznes hamkorlarmiz. Men o'zimni Kataloniya mustaqilligi tarafdori yoki tarafdori emas deya atamayman. Men global figuraman, men futbol o'ynayman. Mening bolalarim - kolumbiyalik, livanlik, kataloniyalik va ispaniyalik. Men Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatimni JCH-2018 dan keyin ham davom ettirishni rejalashtiryapman. Terma jamoadan orqadagi eshiklar orqali tark etishni xohlamayman. Kataloniya - 18 yoshli o'smirin va ular o'z uyiga ega bo'lmoqchi. Ispaniya hukumati Kataloniya bilan muzokaraga kirishi kerak, aks xolda o'g'il uyni tark etadi." - deydi Jerard Pike.
Eslatib o`tamiz, 1 oktyabr kuni Kataloniyada referendum bo'lib o'tdi. Ispaniya hukumati mazkur referendumni noqonuniy deb atab, politsiya yordamida ovoz berish jarayonini to'xtatishga harakat qildi. Huquqni himoya qilish organlari va mahalliy aholi o'rtasidagi to'qnashuvda 700 kishi jabr ko'rdi.