Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Valyadolid”ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionati 2-tur o'yini haqidagi taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu hafta o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. "Malyorka" bilan o'yinda nima bo'lmagani ustida ishladik. Biz nima bo'lganini juda yaxshi tushundik va uni tuzatishga harakat qildik. "Valyadolid" bilan o'yin yaxshi sinov bo'ladi", - deya Anchelotti so'zlarini keltiradi "Real" matbuot xizmati.
O'yin 25 avgust, yakshanba kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.