"Real Madrid" akademiyasi bilan shartnoma imzolagan 12 yoshli belaruslik futbolchi Aleksey Mayorovning otasi Aleksey Mayorov o'g'liga qaysi klublar taklif yuborgani haqida gapirib berdi.
"Real" sizga murojaat qilganida, birinchi his-tuyg'ularingiz qanday edi?
"Bu qandaydir tush emas edi. Buning oldidan "Barselona" aniq aytdi: hujjatlarni to'ldiring va bizga keling. Umuman bizda takliflar ko'p edi: "Manchester Siti", "PSJ", "Monako". Hali “Betis”, “Valensiya” va “Sevilya” kabi ispan klublari haqida gapirmayapman. Biz ularni hisobga olmadik ham” - dedi Mayorov.
12 yoshli Mayorov o'z chiqishlarini "Los Blankos" akademiyasida Infantile V (U13) jamoasida boshlaydi.