Jud Bellingem jarohati sabab bir oyga yaqin maydonga tusha olmaydi.
"Real"ning 21 yoshli yarim himoyachisi "Valyadolid"ga qarshi La Liganing 2-tur uchrashuviga tayyorgarlik jarayonida jarohat olgan, deya xabar beradi bosh murabbiy Karlo Anchelotti.
Madrid klubining xabar berishicha, yarim himoyachiga o'ng oyog'ining plantar fasiiti tashxisi qo'yilgan (tovon fastsiyasidagi yallig'lanish va degenerativ o'zgarishlar tufayli yuzaga kelgan kasallik, tovon og'rig'ining eng keng tarqalgan sababi).
Futbolchining tiklanish davri e'lon qilinmadi, biroq jurnalist Mario Kortegananing yozishicha, Bellingem taxminan bir oyni o'tkazib yuboradi.