Germaniya, "Real Madrid" va "Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos darvozabon Manuel Noyerning Germaniya terma jamoasida faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
"Hamma zamonning eng yaxshisi! Tamom! Men siz bilan o'ynashni yaxshi ko'rardim", — deb yozdi Toni ijtimoiy tarmog'ida.
Eslatib o'tamiz, Kroosning o'zi shu yozda Evro-2024dan keyin Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi. Shuningdek, hafta davomida yarim himoyachi Ilkay Gyundogan Germaniya terma jamoasidagi o'yinini yakunladi.