Yozda Keylor Navas "PSJ" bilan xayrlashdi. Parijliklar kosta-rikalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishmadi.
Keylor so'nggi ikki mavsumda “PSJ” safida atigi sakkizta o'yinda maydonga tushdi. "Nottingem Forest"ga olti oylik ijara yanada muvaffaqiyatli bo'lib chiqdi - 17 o'yin.
Darvozabon faoliyatining asosiy davrini bemalol Madrid deb atash mumkin. "Qirollik klubi" bilan Navas 11 ta sovrinni qo'lga kiritdi, jumladan, uchta Chempionlar ligasi.
Darvozabon sobiq jamoadoshlari bilan aloqani yo'qotmagan.
"Men vaqti-vaqti bilan Marselo va Modrich bilan gaplashib turaman. Bizning do'stligimiz doimiy bo'lmasligi mumkin, lekin bizda ajoyib munosabatlar mavjud. Kroos bilan ham. Ularning barchasini katta muhabbat bilan eslayman. Bilaman, ular ham meni eslashadi. Vaqti-vaqti bilan Krishtianu, Ramos va Nacho bilan muloqot qilaman", deydi darvozabon.
Hozircha Keylor o'ziga yangi klub topa olmadi. Ma'lum bo'lishicha, "Montsa" 37 yoshli kosta-rikalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.