Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Asrimiz afsonalari

Hikoyamiz qahramonlarini o'rinlar bo'yicha joylashtirishda ma'no yo'q.

.
- Yuklab olish

Hikoyamiz qahramonlarini o'rinlar bo'yicha joylashtirishda ma'no yo'q.

18-26 yoshdagi yigitlar Terri Anri yoki braziliyalik Ronaldoning yuksak saviyadagi o'yinlari xususida tushunchaga ega emaslar. Bunday maqomdagi fanatlar maktabda Ronaldino haqida yuzaki tasavvurga ega bo'lishgan, Zidanni esa «Real» va «Frantsiya terma jamoasidagi yorqin o'yinlarini emas, Marko Materatstsining ko'ksiga kalla tortganini eslab qolishgan. Shunday ekan, bobolar ham futbol o'ynashni bilganlarini yoshlarga etkazish uchun reytinglar muhim ahamiyatga ega. Lekin yangi asr merosini baholash uchun o'tmish natijalarini «sudramaslik» lozim. Misol uchun, Badjo - buyuk futbolchi, lekin yangi asrni «Breshiya»da faoliyatini yakunlash bilan o'tkazgan. Shu sababli, uni kichik Anri toifasiga kiritishmagan. Zidanning eng yorqin o'yinlari ham o'tgan asrda namoyish etilgan. Qisqasi, ESPN taqdim etgan yangi asr avvalidagi 25 nafar eng yaxshi futbolchilar reytingi talabga javob bermaydi. Shu bois, e'tiboringizga o'zgacha sistemani havola etamiz - «O'ta buyuklar», «Buyuklar», «Afsonaviylar» va «Etuklar».

O'TA BUYuKLAR: Ronaldu, Messi

Ikki nafar futbolchi, bu erda gapni cho'zib o'tirishning hojati yo'q. Aynan 21-asrda ko'pchilik afsonalar butsalarini mixga ilishgandi. Biroq bu ikki qahramonimiz bor kuch-mahoratlarini yangi asrda namoyish etdilar. Noyob ijrochilar juda ko'p, lekin Krishtianu va Leo 15 yil davomida futbolning zamonaviy usullarini maydonda tatbiq etdilar.

AFSONAVIYLAR: Ronaldo, Zidan, Ronaldino, Anri, Xavi, Inesta, Pirlo, Modrich, Buffon, Kasilyas, Maldini, Roberto Karlos

Agar reyting barcha zamonlarni o'z ichiga olganida, o'ta noyob iqtidor sohibi bo'lmish Ronaldo va zebo tabiatli Zidan o'ta buyuklar qatoridan joy olishardi. Biroq biz faqat 21-asrni tahlil qildik, bu davrda braziliyalik hujumchi shikastlangan tizzasi bilan to'p surgan, Zizu esa JCh-2002 va Evro-2004da mag'lubiyatga uchragandi. Lekin bema'ni bahsga o'rin yo'q, reytingda hech kim yuqorida ham - pastda ham emas, hammasi afsona. To'g'ri, Inesta Ronaldinochalik mashhur bo'lmasligi mumkin, lekin bir jahon chempionini ro'yxatdan chiqarib, ikkinchisini e'tirof etish adolatsizlik bo'lardi. Shuning­dek, Modrich ham «Tottenxem»da afsona emasdi, lekin «Real» va Xorvatiya terma jamoasida so'nggi 12 yilni mukammal o'tkazdi. Buffon va Kasilyas har qanday reytingdan tushib qolardi. Chunki hujumchilar ulardan ko'ra mashhurroqlar. Biroq bu ikki darvozabon futbol tarixidagi top-qo'riqchilar beshligidan joy olgan.

BUYuKLAR: Mbappe, Buskets, Kroos, Kaka, Shevchenko, Lam, Nesta, Totti, Figu, Nedved, Ramos, Skoulz, Noyer, Benzema, Ibragimovich, Suares, Xabi Alonso, Kafu, Kannavaro, Raul, Giggz, Zeedorf

Buskets va Kroos «Afsonaviylar» toifasiga yaqin. Shu o'rinda ayrim reytinglar Zeedorf inkor etganligini ta'kidlash joiz. Biroq Klarens «Milan»da Xavi, Modrich, Kroos va Inestadan qolishmaydigan darajada to'p surgan. Bu sermahsul mashinadan voz kechish - insofsizlik. Mbappe esa ikkita JCh finallarida qanot hujumchisiga xos bo'lmagan sermahsullik ko'rsatdi. Endi «Real»da Anri darajasida o'ynashi talab etiladi. Kaka, Figu, Shevchenko, Nedved, Kannavaro va Benzema - «Oltin to'p» sohiblari. Angliyalik Ouendan farqli ravishda, ular futbol Everestida sinovdan o'tishgan.

ETUKLAR: Levandovski, Di Mariya, Beyl, Kloze, Dani Alves, Vilya, Eto’O, Runi, Pepe, Myuller, Jerrard, Robben, Neymar, Pike, Eshli Koul, Ferdinand, Vidich, Lempard, Vieyra, Kante, Makalale, Riberi, Drogba, Saloh, Puyol, Terri, Yaya Ture, Rivaldo, Badjo, Rodri, De Bryuyne, Karvaxal, Chex, Grizmann, Aguero, van Deyk, Ballak, Del Pero, Pogba, Alba, Azar, van Nistelroy, Bekxem, Marselo, Keyn, Torres, Sesk, Sneyder, Oblak, David Silva, Kavani, Guti, Inzagi, van Persi, Xames, Varan, Tiago Silva, Rikelme, Kurtua, Teves, Ouen, Ozil, van der Sar, Zanetti, Deku, Bergkamp, Kimmix, Pires, Kellini

Levandovski xorijda buyuklardek to'p surmoqda, «Oltin to'p»ni deyarli qo'lga kiritdi. Albatta, kimlardir reytingdan chetda qoldi, ro'yxatni to'ldirishingiz mumkin. Qolaversa, yaqin kelajakda yosh futbolchilar orasidan «Etuklar» darajasidagilar chiqadi. Chunki sifatli o'yin ko'rsatadiganlar ko'paymoqda. Masalan, Arshavin va Akinfeevni 5-toifa - «Benazirlar» reytingiga kiritish mumkin. Lekin bu guruhga munosib futbolchilar juda ko'p. Shu sababli, biz 4ta reyting bilan kifoyalanishni o'rinli topdik.

BestMaster
20 Avgust 2024, 23:00
asrimiz, afsonalari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads