Kataloniyaning "Barselona" klubi "Valensiya"ning 17 yoshli xavbeki Ferran Torresni tovon pulini to'lagan xolda sotib olishni reja qilmoqda.
Futbolchining "ko'rshapalaklar" bilan amaldagi shartnomasi 2018/19-yilgi mavsumda yakuniga yetadi, uning tovon puli esa 8 mln qilib belgilangan. Shuningdek, bu futbolchiga "Real", "PSJ" va "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.