"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska hali ham Myunxen klubini tark etishni istamayapti.
Sky Sports xabariga ko'ra, nemis futbolchisiga MLSning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda, biroq Goretska u erga ko'chib o'tishni rejalashtirmayapti.
"Bavariya" rahbariyati yarim himoyachining qishki transfer oynasigacha Myunxen lagerida qolishi bilan allaqachon kelishgan. 29 yoshli futbolchi "Bavariya"dan faqat uchta klubga ketishga tayyor: "Barselona", "Liverpul" va "Real".
Goretska o'tgan mavsumda Bundesligada "Bavariya" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 9ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nemisning klub bilan shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.