Yarim himoyachi Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamayapti.
Sentyabr oyida 39 yoshga to'ladigan futbolchi terma jamoaning navbatdagi yig'iniga chaqiruv oldi.
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, Modrich hali terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqida o'ylamagan.
Manbaga ko'ra, yarim himoyachi 2026 yilgi navbatdagi jahon chempionatida Xorvatiya terma jamoasi safida o'ynashni orzu qiladi.