Angliyaning Guardian nashri eng iqtidorli yosh futbolchilarning reytingini tuzib chiqdi.
Unga 2000 yildan keyin tug'ilganlar kiritildi.
Ro'yxatning birinchi pog'onasini "Flamengo" hujumchisi Vinisius Junior egallab turibdi.
Ma'lumki, vatanida "yangi Neymar" laqabini olgan iqtidor yaqinda Madridning "Real" klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Qirollik klubi futbolchining transferi uchun 45 mln evro to'ladi. U 18 yoshga to'lishi bilanoq, ya'ni 2018 yilda "Real" tarkibiga kelib qo'shiladi.