"Malorka" muxlislari Vinisius Juniorga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.
Marca qayd etishicha, "Real Madrid" qanot himoyachisi La Liganing 1-turida 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o'yinda har safar to'pga teginganida muxlislar tomonidan bosimga uchragan.
Futbolchi Samu Kosta bilan to'p uchun kurash natijasida maydonga yiqilib tushganidan so'ng, jamoatchilik uning harakatlariga keskin munosabat bildira boshladi.
Qayd etilishicha, braziliyalik bosh hakam Sezar Soto Gradodan tribunada bo'layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatishni so'ragan. Hakam Vinisiusni ogohlantirganida, u: «Karvaxal bilan gaplash», deb javob berdi.
Qanot himoyachisi, shuningdek, "Malorka" bosh murabbiyi Xagoba Arrasate bilan muxlislarning norozi munosabatini ham muhokama qildi.