Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba zamonaviy dunyo va futboldagi irqchilik muammosi haqida gapirdi.
"Biz bu haqda gapirishga majburmiz. Atrofimizdagi odamlar irqchilik muammosiga befarq qolmasligi kerak.
Bunga ko'z yumish variant emas. Biz bu bilan kurashishimiz va ko'p narsani o'zgartirishimiz kerak. Butun dunyo irqchilikka qarshi kurashga qo'shilishi kerak.
Bu ta'lim muammosi. Bu uydan ildiz otgan narsa, chunki ota-onalar farzandlarini shu tarzda tarbiyalaydilar. Bu muammoning sababi.
Albatta, futbol - bu ajoyib poydevor. Biz yaxshi imidj yaratishga va bu o'yinni irqchilikdan tozalashga harakat qilyapmiz.
Lekin bu etarli emas. Bizga butun dunyo, jumladan siyosatchilar yordami kerak", — deya Alabaning so'zlarini keltiradi GQ Espana.