Portugaliya terma jamoasining bugungi mashg'ulotida, Krishtianu Ronaldu boshqalardan alohida tartibda shug'ullandi.
El Mundo Deportivo xabariga ko'ra, futbolchida hech qanday jarohat yo'q. U jismini ortiqcha yuklama bilan zo'riqtirmaslik uchun shu ishni qilgan.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasi JCh-2018 saralashi so'nggi turida Andorra va Shveytsariya bilan bahslashadi. Ronalduning bu o'yinlarda maydonga tushishi kutilmoqda.