«Flamengo» klubining sobiq prezidenti Kleber Leitening gapiga ko'ra, 16 yoshli superiqtidor Vinisius «Real» futbolchisiga aylangan.
«Vinisius «Real»ga o'tdi. U kelasi yili yoki 2019 yil yozida «Real» safiga qo'shiladi. Uning shartnomasida belgilangan tovon puli 45 mln evroga teng. «Real» bu narxni to'lashga rozi bo'ldi» - dedi Leite Marca xabarida.
"Yangi Neymar" laqabi bilan mashhur bo'lgan futbolchiga "Barselona" ham qiziqqan edi.