«Real» prezidenti Florentino Peres jamoaning yangi hujumchisi Kilian Mbappening debyut o'yini haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" UEFA superkubogi doirasida «Atalanta» bilan to'qnash kelib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollardan biriga frantsiyalik futbolchi mualliflik qildi.
«Kilian o'z debyutidan qoniqish hosil qildi. Uning boshlang'ich tarkibda o'yinni boshlashi to'g'ri qaror bo'ldi. U medalni qo'lga kiritganidan xursand. U bizning safimizda ekanidan xursandligi ko'rinib turibdi», – dedi Peres.