"An-Nasr"ning 30 yoshli markaziy himoyachisi Aymerik Laport o'ziga qiziqayotgan "Real Madrid"ga o'tmoqchi.
Biroq transfer ispaniyalik futbolchi Saudiya jamoasi bilan foydali shartnomani bekor qilib, Karlo Anchelotti jamoasiga qo'shilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Real" markaziy himoyachi pozitsiyasiga Laportdan tashqari boshqa o'yinchilarni ko'rib chiqmayapti, biroq futbolchining o'zi katta xohishiga qaramay, Saudiya jamoasi bilan uch yillik shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishish imkoniyati kam.
Futbolchining “An-Nasr”dagi maoshi mavsumiga 24 million evroni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, Evropa chempioni xizmatlariga “Los-Blankos”dan tashqari “Atletik Bilbao” va “Atletiko Madrid” klublari ham qiziqish bildirmoqda.