"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini bugun UEFA Superkubogi uchun o'yin oldidan "Real Madrid" ustozi Karlo Anchelottiga munosabatini bildirdi.
"Karloning so'nggi yillarda qilgan ishlari hammaga ayon. U dunyodagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri va ko'pchilik uchun namuna bo'lib xizmat qiladi. Biz murabbiylik litsenziyalarimizni Koverchanoda birga boshladik (Gasperini Anchelottidan 1 yosh katta), biz bir-birimizni anchadan beri bilamiz, bu, albatta, katta hurmatga sazovor munosabatlar. Bunday uzoq tanaffusdan so'ng u bilan Evropada uchrashish juda yoqimli. U, albatta, ko'nikib qolgan, lekin bu men uchun ham yaxshi yutuq.
Mening bir afzalligim bor - tarkibda xatoga yo'l qo'ya olmayman, Karlo jamoa tanlashda ko'proq muammolarga duch keladi. Bu uning uchun qo'shimcha bosim" - deb hazillashdi Gasperini", - dedi Gasperini UEFA rasmiy saytiga.