"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atalanta"ga qarshi UEFA Superkubogi o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Kilian Mbappening jismoniy tayyorgarligi haqidagi savolga javob berdi.
"Hamma yaxshi formada, Kilian ham. U bu erda bo'lgan barcha kabi asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Vaqtimiz kam bo'lsa-da, hamma o'ynashi mumkin. Kilian juda yaxshi moslashadi, diqqatini jamlaydi, o'zining ajoyib fazilatlarini namoyon etadi", - dedi Anchelotti Marca bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi mavsumoldi yig'inida "qaymoqranglilar"ning barcha uchrashuvlarini o'tkazib yuborgan.
Bugun, 14 avgust kuni Polshada "Real Madrid" - "Atalanta" uchrashuvi bo'lib o'tadi.