Ispaniya matbuotida "Barselona" himoyachisi Jerar Pike va "Real" sardori Serxio Ramos Kataloniya referendumi masalasida janjallashib qolgani haqida yozilgan edi.
Biroq, Pike bu gaplarning uydirma ekanini ta'kidlab, Serxio bilan munosabatlari zo'r ekanini aytdi.
«Terma jamoani oilam deb hisoblayman. Majburiyatlarim haqida boshqalarning oldida gapirish shartmas. Do'stlarim men haqimda gapirishini istamayman, shu tufayli o'zim bu savollarga javob bermoqchiman. Ramos bilan o'rtamizda yuz bergan voqealar to'g'risida ko'plab yolg'onlar to'qildi. Ammo, ikkimiz terma jamoada do'stmiz va munosabatlarimiz juda yaqin», — dedi Pike Daily Mail xabarida.