Eduardo Kamavinganing jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi. Frantsiyalik futbolchi kecha "Real Madrid"ning mashg'ulotlarini oqsoqlanib tark etdi.
Dastlabki ekspertiza futbolchining jiddiy jarohatini aniqlamadi. Kamavinga xoch buramalarini shikastlab olgani ehtimoldan yiroq, deya xabar beradi jurnalist Mario Kortegana.
Jurnalist Migel Anxel Diasning ta'kidlashicha, futbolchi payshanba kuni qo'shimcha testlardan o'tadi. U UEFA Superkubogi doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.