Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning yangi futbolchisi Kilian Mbappening asosiy penalti tepuvchiga aylanishi haqida gapirdi.
"Mbappe penaltini tepadiganlardan biri bo'ladi. Vinisius, Bellingem, Valverde – bizda yaxshi futbolchilar ko'p”, — dedi italiyalik murabbiy jurnalistlarga.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Mbappe shu yilning yozida "PSJ"dan erkin agent sifatida o'tgan "Real"ga o'tgan edi.