Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinni o'tkazib yuboradi. 21 yoshli futbolchi mashg'ulot vaqtida tizzasidan jarohat olgan.
Frantsiyalik futbolchi "Atalanta"ga qarshi bo'lib o'tadigan UEFA Superkubogi uchrashuvida maydonga tusha olmaydi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
O'tgan mavsumda Kamavinga Karlo Anchelotti jamoasida 46 ta o'yinda qatnashib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.