Madridning "Real" klubining braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, "Al-Ahli" 24 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va bir oy davomida "Real" bilan muzokara olib bormoqda. Manbaga ko'ra, Saudiya klubi Vinisius uchun bir milliard evro to'lashi mumkin. Bundan tashqari, braziliyalikning o'ziga besh yillik shartnoma taklif qilinmoqda, bu kelishuvga ko'ra u bir milliard evrodan ko'proq maosh oladi.
Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistoni Vinisiusni mamlakatda 2034 yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionatining yuziga aylantirmoqchi. Vinisiusning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 180 million evroga baholamoqda.