«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Kilian Mbappega chorshanba kuni «Qirollik klubi» safida UEFA Superkubogi doirasida «Atalanta»ga qarshi o'yinda debyut qilishiga ruxsat berishi mumkin.
"Relevo" xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassis Mbappeni «Atalanta»ga qarshi o'yinga asosiy tarkibda maydonga tushirish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Eslatib o'tamiz, bungacha Kilian «Real» safida hatto o'rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushmagan edi.
Mbappe yozda Frantsiyaning «PSJ» klubidan erkin agent sifatida «Real»ga o'tgan edi.