Sobiq "Bavariya" yarimhimoyachisi Toni Kroos sobiq "Bavariya" ustozi Xosep Gvardiloa bilan ishlagan paytlarini eslab o'tdi.
"Men Xosep Gvardiola bilan o'sha mavsumni inobatga olmayman, chunki o'sha yili men faoliyatimdagi eng katta qadamni tashladim. Faoliyatimda esa Yupp Xaynkes eng muhim murabbiylardan biri, xoh "Bayer"da xoh "Bavariya"da bo'lsin. Gvardiola meni o'z o'yin uslubida asosiy futbolchi sifatida ko'rardi, mening o'yin uslubim uning uslubi uchun ideal tarzda mos tushardi", - deydi Toni Kroos.