Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Jud Bellingemga elkasidagi jarohatidan tezroq tiklanishiga yordam bermoqchi.
Diario AS nashri xabariga ko'ra, "Qirollik klubi" 20 yoshli angliyalik futbolchining ahvolidan xavotirda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Bellingem elkasidagi noqulaylik bilan o'ynagan va bundan haligacha xalos bo'lmagan. Yarim himoyachining ko'rsatkichlari mavsumning birinchi yarmi bilan solishtirganda pasayib ketgan.
Bellingem o'tgan yozda "Borussiya Dortmund"dan 103 million evro evaziga "Real"ga o'tgan edi. Yarim himoyachi o'zining debyut mavsumida "Qirollik klubi" bilan Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi.