"Real Madrid"ning sobiq yarim himoyachisi Xames Rodriges "Oltin to'p" uchun favorit nomini aytdi.
Kolumbiyalik futbolchining tanlovi o'tgan mavsumda Ispaniya chempionligi, Chempionlar ligasi va Evro-2024 chempionligini qo'lga kiritgan Dani Karvaxal bo'ldi.
"Oltin to'p"ni kim olishi kerak? Agar g'alaba qozongan unvonlar haqida gapiradigan bo'lsak, men Karvaxalni tanlagan bo'lardim. U hamma narsa uchun kurashdi va yaxshi o'ynadi. Jud Bellingem? Bilmadim. Vinisius Junior? U Amerika Kubogini yomon o'tkazdi", - ded Xames Madrid Xtra bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, “Oltin to'p” favoritlari ro'yxatidan Karvaxal bilan birga Angliya Premer-ligasi va Evro-2024 chempioni bo'lgan “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri ham bor.