Hujumchi Kilian Mbappe "Real" safida debyut o'yinini o'tkazishga tayyorlanmoqda.
"Los-Blankos"ning yangi futbolchisi jamoaning mavsumoldi o'yinlarida ishtirok etmadi - u Evro-2024dan keyin ta'tilda edi. 25 yoshli forvard yaqinda "Real"da ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Madrid Zone nashrining Relevo manbalariga tayanib xabar berishicha, Mbappe o'z oldiga UEFA Superkubogi uchun "Atalanta"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlashni maqsad qilib qo'ygan. "PSJ"ning sobiq yulduzi "Madrid"ning mavsumdagi ilk rasmiy o'yini uchun kerakli sharoitga kirishish uchun faol ishlamoqda.
“Real” – “Atalanta” uchrashuvi 14 avgust kuni bo'lib o'tadi.