Portugaliyalik himoyachi Pepe «Real»dagi faoliyatini esladi.
«Bu alohida narsa edi. Dunyoning eng katta klubida o'n yil o'tkazdim. Madridda birinchi kundanoq baxtli edim. Oradan o'n yil o'tib, boshimni baland ko'tarib ketdim. «Men har doim bor kuchimni «Real» uchun berganman», - deya Pepe so'zlarini keltiradi "Madrid Universal".
Bugun, 8 avgust kuni Pepe 41 yoshida futboldagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.