"Real" yarim himoyachisi Braim Dias kelasi mavsumda hujumdagi raqobatdan qo'rqmayapti.
Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" hujumida Kilian Mbappe va Endrik kabi futbolchilar paydo bo'lishdi. Marca nashri xabariga ko'ra, Dias Karlo Anchelotti jamoasidagi raqobatdan qo'rqmaydi. Ispaniyalik yarim himoyachi mavsumni sifatli o'tkazishga va o'zini bor mahoratini ko'rsatishga ahd qilgan.
O'tgan mavsumda Dias 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu bilan birga, yarim himoyachi asosiy tarkibda barqaror o'yinchi emasdi. 25 yoshli yarim himoyachi avvalroq “Milan” va “Manchester Siti” klublarida o'ynagan.