"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'rtoqlik o'yinida "Chelsi"ni mag'lub etganidan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Menga o'yin sur'ati yoqdi va hujumkor tomon yaxshi edi. Jamoa yaxshi ishlayapti degan fikr bor. 15 iyuldan ishga kirganlar yaxshi ishlayapti.
Ertaga qolgan futbolchilar qaytishadi, 9 avgust kuni esa hammamiz "Atalanta" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Superkubok haqida o'ylash vaqti keldi", - dedi Anchelotti Marca bilan suhbatda.