"Real" hujumchisi Vinisius yangi mavsumdan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'tgan mavsumga yaqin darajaga qaytish uchun har doim qattiq mashq qilaman. Men imkon qadar tezroq tayyorlanmoqchiman, chunki bizni 14-kuni katta o'yin kutmoqda, keyin esa La Liga boshlanadi. Biz tayyormiz.
Men o'tgan mavsumga qaraganda ko'proq chempionlikni qo'lga kiritishni, ko'proq gol urishni, ko'proq golli uzatma berishni va rivojlanishda davom etishni xohlayman, chunki endigina 24 yoshdaman. Mana olti yildan beri shu erdaman, lekin Lukani tomosha qilishdan to'ymayman. Biz undan yana bir mavsum o'rganishimiz mumkin", - dedi Vinisius Marca bilan suhbatda.