Eymerik Lyaport "Atletiko Madrid"ga o'tishi mumkin.
Madrid klubi Robin Le Norman bilan juftlik yaratish uchun markaziy himoyachi qidirmoqda va "An-Nasr" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Matteo Moretto.
Lyaportning o'zi yozda Ispaniyaga qaytishni istamoqda va maoshni sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo'lishga tayyor.
Avvalroq, 30 yoshli futbolchini "Real" ham o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgandi.