"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bo'lajak UEFA Superkubogi bahsida "Atalanta" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida gapirdi. Uchrashuv 14 avgust kuni Polshadagi "Milliy" stadionida bo'lib o'tadi.
"Har doimgidek qiyin bo'ladi, chunki bu mavsum boshi. Lekin biz u erga barcha qiyinchiliklarni eslab, to'liq ishonch bilan boryapmiz. Menimcha, "Atalanta" u erda bo'lishga loyiq, chunki ular Evropa Ligasida "Liverpul" kabi top-jamoalarni mag'lub etib, mavsumni ajoyib o'tkazdi. Ular bu o'yinlarda, hatto finalda ham osonlikcha g'alaba qozona olishdi. Shu bois bu jamoani juda hurmat qilamiz. Lekin biz yaxshiroq formada bo'lishga umid qilamiz.
Menimcha, "Atalanta" Evropa Ligasi finalida "Bayer"ni osonlikcha mag'lub etishini hech kim kutmagandi. Aytganimdek, "Atalanta" ajoyib mavsum o'tkazdi. Bu o'zgacha va o'ziga xos tarzda o'ynaydigan juda xavfli jamoa. "Bayer Leverkuzen" "Atalanta" futbolchilari tomonidan qilingan katta sa'y-harakatlar tufayli odatdagidek o'ynay olmadi", - dedi Anchelotti UEFA matbuot xizmatiga.